Messining keyingi jamoasi ma’lum

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 4
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 20-08-2024, 21:06
Fransiyaning "Strasburg" klubi o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida 17 yoshli yarim himoyachi Rayyan Messi bilan shartnoma imzolaganini rasman e’lon qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, futbolchining shartnomasi 2026/2027-yilgi mavsum oxirigacha mo‘ljallangan. Transfer summasi 1.5 mln yevro.

O‘tgan mavsum yosh iqtidor sohibi uchun professional futboldagi birinchisi bo‘ldi. U Fransiyaning Uchinchi divizioni vakili "Dijon" tarkibida 4 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. E’tiborlisi, o‘sha gol tufayli Rayyan klub tarixida eng yosh gol muallifi sifatida tarixda qoladigan bo‘ldi.

Shu yilning may oyida Messi Fransiya termasi safida Kiprda bo‘lib o‘tgan Yevropa Chempionati U-17da qatnashdi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati