• Главная
  • »
  • Salomatlik
  • »
  • Mutaxassis: Bosh aylanishi alohida kasallik emas, balki 80 dan ziyod xastalik alomati bo‘lishi mumkin

Mutaxassis: Bosh aylanishi alohida kasallik emas, balki 80 dan ziyod xastalik alomati bo‘lishi mumkin

  • Жанр: Salomatlik
  • Смотрели: 6
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 20-08-2024, 20:56
???? Aksariyat insonlar bosh aylanishi faqat qamqonlik, qon bosimining ko‘tarilishi yoki tushishi tufayli yuzaga keladi, deb o‘ylaydi. Biroq bu unchalik to‘g‘ri emas.

???? Mutaxassislarning ta’kidlashicha, bu holat bir necha xastaliklar tufayli kuzatilishi mumkin.

???? — Bosh aylanishi charchoq va behuzurlikning to‘satdan paydo bo‘luvchi alomati bo‘lib, insonga uni o‘rab turgan olam xuddi aylanayotgandek tuyuladi, — deydi Respublika ixtisoslashtirilgan neyroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi bosh shifokori Ulug‘bek Asadullayev.

???? — Bunda miya bilan ichki quloqdagi vestibulyar apparat orasidagi aloqa buziladi. Oqibatda miya nazoratni yo‘qotib, tanani boshqarolmay qoladi. Ba’zan bosh aylanganida qayt qilish markazi ham ta’sirlanadi. Odatda bu uzilish bir necha soniyalarga teng bo‘ladi.

????Bosh aylanishi alohida kasallik emas, balki 80 dan ziyod xastalikning alomati bo‘lishi mumkin. Shu bois uning sababini darhol aniqlash, to‘g‘ri va aniq tashxis qo‘yish zarur.

???? Agar bosh aylanishi kutilmaganda faqat bir marta sodir bo‘lsa, noqulaylik hissini yengish uchun bir necha daqiqa yotib, tinchlanish lozim. Shundan so‘ng sekin va ehtiyotkorlik bilan harakatlanish va suv ichish maqsadga muvofiq. Shuningdek, chekish va alkogoldan voz kechish kerak.
⏺ Agar inson salomatligida jiddiy muammo bo‘lsa, bosh aylanishi bir necha soatdan keyin yoki bir necha kundan so‘ng yana qaytalanishi mumkin. Bu holat bir daqiqadan ko‘proq davom etsa va muntazam takrorlansa, darhol shifokorga murojaat qilish lozim.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati