Fransiya va Portugaliyadagi o‘rmon yong‘inlarida minglab sayyohlar evakuasiya qilindi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 5
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 20-08-2024, 20:36
Portugaliyada bor-yo‘g‘i ikki hafta ichida 3,5 ming gektar o‘rmonni qizil olov qamrab oldi. Madeyradagi kuchli shamol yong‘inni o‘chirishga to‘sqinlik qilmoqda, deya xabar beradi Euronews.

O‘rmon yong‘inlari butun Yevropa bo‘ylab tarqalmoqda. Fransiya janubi-g‘arbidagi Ero departamentida 350 gektarlik qarag‘ay o‘rmoni yonib ketdi, bu esa sayyohlarni, ularning karvon va chodirlarini evakuasiya qilishga majbur qildi.

Rasmiylarga ko‘ra, yong‘in keyinroq nazoratga olinib, o‘chirilgan.

Madeyra arxipelagidagi orollardan birida uchta yerda yong‘in davom etyapti. Yong‘in aholi punktlariga yetib borgan va kamida 160 kishi evakuasiya qilingan.

"Shamol, yuqori harorat va past namlik bilan birga, butun yong‘inni o‘chirish strategiyasiga ta’sir qiladi. Bu, ayniqsa, yong‘inni o‘chirishda muammolarni keltirib chiqarmoqda”, - dedi Madeyra mintaqaviy hukumati prezidenti Migel Albukerke.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati