Chet elliklar endi Rossiya vizasini olishdan oldin suhbatdan o‘tadi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 6
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 20-08-2024, 20:26
Rossiya vizasini olishni xohlovchi xorijliklar endi taqdim etilgan ma’lumotlarni tekshirish uchun suhbatdan o‘tishlari shart.

Rossiya hukumatining yangi farmoni bilan kiritilgan ushbu chora tashrif maqsadi va mamlakatda qolish shartlarini tasdiqlashga qaratilgan. Suhbat davomida ariza beruvchilar o‘z niyatlarini tasdiqlovchi qo‘shimcha hujjatlarni taqdim etishlari mumkin.

«Chet el fuqarosiga viza berish masalasini ko‘rib chiqishda, Rossiya Federasiyasiga safar maqsadi va Rossiya Federasiyasi hududida bo‘lish shartlarini tasdiqlovchi ma’lumotlarning to‘g‘riligini qo‘shimcha ravishda tekshirish uchun vakolatli davlat organi chet el fuqarosi bilan shaxsiy suhbatni amalga oshiradi”, — deyiladi hujjatda.

Rossiyaga kirish uchun Yevropa, AQSH, Kanada, Avstraliya va Afrika va Janubiy Amerikaning bir qator mamlakatlari fuqarolari uchun viza talab qilinadi. Biroq, MDH davlatlari, Kuba, Venesuela, Xitoy, Turkiya va Serbiya fuqarolari uchun imtiyozli shartlar yoki vizasiz rejim mavjud.

Bundan tashqari, 55 davlat fuqarolari konsullik muassasalaridan o‘tmasdan elektron viza olish uchun ariza topshirishlari mumkin. Yagona elektron viza joriy etilganidan buyon 540 mingdan ortiq kishi ushbu imkoniyatdan foydalandi, ular orasida Xitoy, Saudiya Arabistoni, Germaniya, Turkiya va Estoniya fuqarolari yetakchilik qilmoqda.

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan yil davomida eng ko‘p elektron vizalar Xitoy fuqarolariga berilgan – 254,2 mingta. Kuchli uchlikka Saudiya Arabistoni (43,4 ming viza) va Germaniya (42,6 ming viza) kirdi. To‘rtinchi va beshinchi o‘rinlarda Turkiya (32,8 ming viza) va Estoniya (28,6 ming viza) joylashgan.


Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati