Tailandning eng yosh bosh vaziri Pxetongtxan Chinavat haqida nimalarni bilamiz?

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 3
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 20-08-2024, 20:06
37 yoshli Pxetongtxan Chinavat yakshanba kuni qirol Vachiralongkornning rasmiy roziligini olgach, Tailandning eng yosh bosh vaziri bo‘ldi. Bu tayinlash parlamentda ko‘pchilik ovozni qo‘lga kiritganidan ikki kun o‘tib amalga oshirildi.

Pxetxongtxan - sobiq bosh vazir Taksin Chinavatning kenja qizi. U 2001-2005 va 2011-2014 yillarda bu lavozimda ishlagan otasi va xolasi Yinglak Chinavat izidan bormoqda. Saylov natijalariga ko‘ra, u mamlakatni boshqargan ikkinchi ayol va bu lavozimni egallagan Chinavat oilasining uchinchi a’zosi hisoblanadi.

Uning tayinlanishi Konstitusiyaviy sudning Settx Tavisinni bosh vazir lavozimidan chetlashtirish haqidagi qaroridan keyin amalga oshirildi. Hozirgi va sobiq bosh vazirlar «Pxia Txai» partiyasidan. Vakillar palatasida ovoz berishda Pxetongtxan g‘alaba qozondi.

“Bu men uchun katta sharaf va faxr. Men, mening oilam va «Pxia Txai» partiyasi Janobi Oliylaridan ko‘rsatilgan mehr-muruvvat uchun juda minnatdormiz. Men o‘z burchlarimni millat va xalq manfaati uchun fidoyilik va halollik bilan bajarishga qaror qildim", - dedi Pxetxongtxan.

Pxetxongtxan «Pxia Txai» partiyasini 2023 yildan beri boshqarib keladi. Oilasining siyosiy an’analarini davom ettirgach, u Tailand siyosatida taniqli shaxsga aylandi. U, shuningdek, muvaffaqiyatli tadbirkor va taxminan 2 milliard dollarlik 21 kompaniyaga egalik qiladi, jumladan SC Asset Corporation korporasiyasiga ham.

Pxetxongtxan Chinavat tez orada vazirlar mahkamasi tarkibini e’lon qiladi.


Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati