• Главная
  • »
  • Yangiliklar
  • »
  • DXX: Toshkent va Jizzax viloyatlarida hokim yordamchilarining noqonuniy harakatlariga chek qo‘yildi

DXX: Toshkent va Jizzax viloyatlarida hokim yordamchilarining noqonuniy harakatlariga chek qo‘yildi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 5
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 20-08-2024, 18:54
Aholining turmush tarzini yaxshilash, ularning bandligini ta’minlash hamda joylarda tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida har bir mahallada tuman hokimi yordamchisi faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Bugun ushbu yordamchilar ko‘plab oilalarning koriga yarab, ularning hayotlari farovonlashuviga sababchi bo‘layotganliklari quvonarli albatta. Lekin, sholi kurmaksiz bo‘lmaganidek, hokim yordamchilari orasida ham o‘z halqumini o‘ylaganlar yo‘q emas.

Jumladan, Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Bosh prokuratura huzuridagi Departament bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, O‘rtachirchiq tumanidagi mahallalardan birida hokim yordamchisi lavozimida ishlovchi K.M. mansabdor tanishlari orqali “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida fuqaroga 1,8 gektar yer maydonini 10 yil muddatga ijaraga olib berish evaziga 15 ming AQSh dollari talab qilib, oldindan 13 ming AQSh dollari olgan vaqtida uning noqonuniy harakatiga chek qo‘yildi.

Jizzax viloyatida kuzatilgan holatda esa G‘allaorol tumanidagi mahallalardan birida hokim yordamchisi lavozimida ishlovchi I.K. vakolatli tanishlari ko‘magida fuqaroni tuman tibbiyot birlashmasiga ishga kiritib qo‘yish evaziga 1200 AQSh dollari olgan vaqtida DXX va IJQKD xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Hozirda hokim yordamchilariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati