• Главная
  • »
  • Yangiliklar
  • »
  • Toshkent avtomobil halqa yo‘lining bir qismi temiryo‘l kesishmasidagi ta’mirlash ishlari tufayli yopiladi

Toshkent avtomobil halqa yo‘lining bir qismi temiryo‘l kesishmasidagi ta’mirlash ishlari tufayli yopiladi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 18
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 28-03-2024, 11:48
Toshkent shahar Yunusobod tumani Temur Malik ko‘chasidagi Salar—Xojikent temiryo‘l bekatlari oralig‘idagi temiryo‘l kesishmasining yo‘l izida nosozlik yuzaga keldi, deb xabar beradi poytaxt hokimligi matbuot xizmati.

Ushbu nosozlikni bartaraf etish ishlari doirasida 28 mart soat 21:00 dan 29 mart soat 06:00 ga qadar Temur Malik ko‘chasida Universitet ko‘chasi bilan kesishgan qismidan Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi bilan kesishgan qismigacha avtotransport vositalari harakati cheklanadi.

“Toshkent mintaqaviy temir yo‘l uzeli” UK keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raydi.

Eslatib o‘tamiz, yanvar o‘rtalarida Toshkent shahridagi ikkita ko‘cha transport vositalarining harakati uchun qisman yopilgandi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati