Antoni Blinken G‘azo bo‘yicha muzokaralarni ilgari surish uchun Misrga keldi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 4
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 20-08-2024, 17:10
AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish va garovga olinganlarni ozod qilish bo‘yicha muzokaralarni tezlashtirish uchun Misrga keldi.

Reuters axborot agentlikning xabar berishicha, Blinken Misrga tashrifi oldidan Tel-Avivda Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu AQShning tomonlar o‘rtasidagi kelishmovchiliklarni kamaytirishga qaratilgan “vaqtinchalik taklifi”ga rozi ekanini aytgan. Shu bilan birga, Blinken XAMASni bu taklifni muzokaralarni davom ettirish uchun asos sifatida ko‘rib chiqishga chaqirdi.

Blinken safari doirasida Misr prezidenti Abdel Fattoh as-Sisi, Tashqi ishlar vaziri Badr Abdel Latti va razvedka rahbari Abbos Kamel bilan alohida uchrashuvlar o‘tkazadi. Shundan so‘ng u Qatarga jo‘nab, Qatarning yuqori martabali rasmiylari bilan muzokaralarni davom ettiradi.

Dushanba kuni avvalroq Blinken Vashingtonning G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatishga qaratilgan sa’y-harakatlari "ehtimol, eng yaxshi va ehtimol oxirgi imkoniyat" bo‘lishi mumkinligini aytdi. OAV xabarlariga ko‘ra, AQSh prezidenti Jo Bayden hafta oxirigacha kelishuvga erishmoqchi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati