G‘uzorlik ayol erini o‘ldirib, quduqqa tashlab yubordi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 4
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 20-08-2024, 17:04
Qashqadaryo viloyatining G‘uzor tumanida yashovchi ayol mast holdagi erini o‘ldirib, quduqqa tashlab yubordi. Bu haqda Facebook’da O‘zbekiston inson huquqlari “Ezgulik” jamiyati faoli Abdurahmon Tashanov xabar berdi.

Bosh prokuratura axborot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov voqeani tasdiqlab, qotillikka oilaviy kelishmovchilik sabab bo‘lganini ma’lum qildi.

Aniqlashtirilishicha, voqea 2024 yilning 17 avgust kuni sodir bo‘lgan.

“Marhum qirchillama qirq yoshda ekan, jasadni ertaga chiqarishadi, ekspertizaga olib ketishgan. Avvalroq Nishon tumanida ayol uxlayotgan erini bolta bilan chopib tashlagan edi”, deydi bu haqda jamoatchilikka ma’lum qilgan Tashanov.

Voqea yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qotillik sababi o‘rganilmoqda.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati