Rossiya «Shimoliy oqim»ga hujum qilishni AQSh buyurgani «aniq» ekanini aytmoqda
- Жанр: Yangiliklar
- Смотрели: 5
- Формат: mp4
- Дата релиза: 20-08-2024, 17:02
Rossiya, shuningdek, Germaniyaga quvurlarni yorib yuborgan portlashlarni tergov qilish yuzasidan shikoyat qildi, deb xabar berdi RIA davlat axborot agentligi.
O‘tgan hafta Germaniya prokuraturasi qo‘poruvchilik hujumida gumonlanuvchi sifatida ukrainalik suvga sho‘ng‘ish bo‘yicha instruktorni aniqlagani va uni Polshada hibsga olishga order bergani xabar qilingandi.
Varshava orderni olgan, biroq gumondor allaqachon mamlakatni tark etgan edi, chunki Germaniya uning ismini qidiruvdagi shaxslar ma’lumotlar bazasiga kiritmagan, dedi Polsha prokuraturasi Reuters axborot agentligiga.
Moskva Germaniya o‘tkazayotgan tergov endi aybdorlar aniqlanmasdan yopib yuboriladi, deb hisoblaydi. Bu haqda RIA Rossiya tashqi ishlar vazirligi vakili Oleg Tyapkinga tayanib xabar berdi.
«Biz Germaniya va boshqa jabrlangan davlatlar BMTning terrorizmga qarshi konvensiyalari bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarishi masalasini ko‘tardik», — dedi Tyapkin. «Biz bu masala bo‘yicha ikki tomonlama, shu jumladan Berlinga ham rasman tegishli da’volar qildik».
Keyinroq Rossiya tashqi ishlar vaziri Lavrov «Izvestiya» nashriga «Germaniya barcha savollarga javob berishi kerak», dedi.