Germaniya harbiy-dengiz kuchlari suv osti gaz quvurlarini kuzatish uchun dronlardan foydalanadi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 3
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 20-08-2024, 16:20
Germaniya harbiy-dengiz kuchlari uchuvchisiz transport vositalaridan foydalanishni kengaytirish niyatida va ulardan suv ostidagi muhim infratuzilmani, jumladan, gaz quvurlarini kuzatishda foydalanishni rejalashtirmoqda.

Bu haqda Germaniya harbiy-dengiz kuchlari bosh qo‘mondoni, vise-admiral Yan Kristian Kaak The Japan Times nashriga ma’lum qildi.

"Biz uchuvchisiz tizimlar sohasida texnologik ishlanmalar taqdim etayotgan imkoniyatlarni ko‘rmoqdamiz va bu tizimlardan foydalanish askarlarimiz uchun yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tahdidlarni minimal darajaga tushiradi zaifliklarni, xususan, gaz quvurlari kabi muhim suv osti infratuzilmasini kuzatishni nazarda tutyapman", - deya ta’kidladi vise-admiral.

Germaniya harbiy-dengiz kuchlari bosh qo‘mondoni, shuningdek, Berlin 2035 yilga borib o‘z flotini ochiq dengizda keng ko‘lamli vazifalarni bajarishga yaroqli zamonaviy fregatlar, suv osti kemalari va yordamchi kemalar bilan jihozlashni rejalashtirayotganini ham ma’lum qildi. U nemis flotining olis suvlarda, jumladan, Hind-Tinch okeani mintaqasida operasion imkoniyatlarini oshirish niyatini ta’kidladi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati