Dunyodagi eng keksa ayol vafot etdi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 3
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 20-08-2024, 16:18
Ispaniyada yashovchi dunyodagi eng keksa odam, AQShda tug‘ilgan va ikki jahon urushi, Ispaniya fuqarolar urushi, 1918 yilgi gripp va COVID-19 pandemiyasidan omon qolgan Mariya Branyas Morera 117 yoshida vafot etdi.

Bu haqda uning oilasi ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.

"Mariya Branyas Morera bizni tark etdi. U o‘zi xohlaganicha vafot etdi: uyqusida, og‘riqsiz", - deyiladi xabarda.

Unng yoshi Amerika gerontologik tadqiqot guruhi va LongeviQuest tashkiloti tomonidan tasdiqlangan.

Uning ma’lumotlariga ko‘ra, Branyas vafotidan keyin dunyodagi eng keksa odam 1908 yil 23 mayda tug‘ilgan yaponiyalik Tomiko Itooka hisoblanadi. Hozir u 116 yoshda.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati