Davlat xaridlarining umumiy summasi ochiqlandi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 4
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 20-08-2024, 15:18

Yiliga 250 trillion so‘mdan ziyod davlat xaridlari amalga oshiriladi, deb xabar berdi Prezident matbuot xizmati

Endilikda davlat xaridlarida mahalliy mahsulotlar ulushini oshirish kerakligi xabarda qayd etilgan. Bundan xulosa qilish mamkinki, hozirda bunda import mahsulotlar ulushi katta.

- Kelgusi yilgi davlat investisiya dasturidagi har bir loyiha bo‘yicha mahalliy mahsulotlar ulushi qancha bo‘lishi aniq belgilanadi. Davlat xaridida endi mahalliy mahsulot ulushini oshirish rag‘batlantiriladi, deyiladi xabarda.

Jumladan, energetika, neftgaz, kimyo, metallurgiya, temir yo‘l kabi tarmoqlardagi yirik korxonalar 2-3 yillik buyurtmalarini kooperasiya portaliga oldindan joylashtiradi.

Mahalliy korxonalar esa ushbu buyurtmalar asosida yangi turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi. Ularning loyihalariga dastlabki bosqichda 100 million dollar yo‘naltiriladi.


Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati