• Главная
  • »
  • Yangiliklar
  • »
  • Bojxona organining eksportni tasdiqlovchi elektron ma’lumoti QQSni qaytarish uchun asos bo‘ladi

Bojxona organining eksportni tasdiqlovchi elektron ma’lumoti QQSni qaytarish uchun asos bo‘ladi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 4
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 20-08-2024, 15:02

⏺Import o‘rnini bosadigan va eksportbop mahsulotlarni ko‘paytirish uchun zamonaviy texnologiyalar zarur. Bunday asbob-uskunalarga buyurtma berib, olib kelishga ko‘p vaqt ketadi.

⏺Lekin, shartnoma muddatidan qat’i nazar sotib olingan uskuna 180 kunda yetib kelmasa, muddati o‘tgan debitor qarzdorlik yuzaga keladi.

⏺Tadbirkorlar uskuna kelmaguncha boshqa import shartnomalariga to‘lovni amalga oshira olmaydi, oldindan to‘lovsiz eksport qilishi mumkin emas, davlat tomonidan belgilangan imtiyoz va subsidiyalardan foydalanishi cheklangan.

⏺Shu munosabat bilan endilikda chetdan uskuna va butlovchi qism olib kelishda shartnoma muddati buzilmasa, muddati o‘tgan qarzdorlik bo‘lmasligi belgilandi.

⏺Shuningdek, ko‘p tadbirkorlar eksport bo‘yicha QQSni qaytarishda ortiqcha to‘siq borligini aytmoqda. Soliq va bojxonani axborot tizimlari bir-biriga ulangan bo‘lsa-da, eksportni tasdiqlaydigan hujjat talab etilayapti.
⏺Bundan buyon, bojxona organining eksportni tasdiqlovchi elektron ma’lumoti QQSni qaytarish uchun asos bo‘ladi, boshqa ortiqcha hujjatlar talab etilmaydi.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati