ICBA rahbari Qoraqalpog‘istonga keldi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 1
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 20-08-2024, 14:32
Xalqaro ICBA tashkilotining Birlashgan Arab Amirligidagi Bosh direktori Tarifa Alzaabi Orolbo‘yi innovasiya markaziga tashrif buyurdi. Yuqori martabali mehmon Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri Aziz Abduhakimov bilan uchrashdi. Tashrif davomida Tarifa Alzaabi ICBA bilan hamkorlikda barqaror qishloq xo‘jaligini rivojlantirishga qaratilgan xalqaro loyiha doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi. Shuningdek, mavjud muammolar hamda loyihani amalga oshirishda kerakli bo‘lgan laboratoriya jihozlari bilan ta’minlash bo‘yicha takliflar berildi.

Bundan tashqari, hududda yangi zamonaviy issiqxona qurish, olimlar malakasini oshirish va boshqa masalalar muhokama qilindi.

Ma’lumot uchun, Orolbo‘yi innovasiya markazi tomonidan bugungi kunga kelib ilmiy tadqiqotlar olib borish va loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha bir qator xalqaro, mahalliy tashkilotlar va ilmiy-tadqiqot institutlari bilan do‘stona sheriklik aloqalari o‘rnatildi. 50 dan ortiq xorijiy va mahalliy tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida kelishuvlar va memorandumlar imzolandi.

Xususan, ICBA xalqaro markazi loyihasi doirasida turli mamlakatlardan keltirilgan kinoa o‘simligining 5 namunasi, 1 ta amarant o‘simligi namunasi, bufel o‘ti, ko‘k tariq, 10 ta donli jo‘xori namunalarini sinovdan o‘tkazish, mahalliy yovvoyi o‘simliklar florasi (tuya tikan, shirin qizilmiya) vakillarini madaniylashtirish bo‘yicha tadqiqotlar olib borildi.

Qolaversa, Orol dengizi mintaqasiga moslashgan o‘simliklarning sanoat plantasiyalarini yaratishda foydalanish uchun Tottori universiteti (Yaponiya) bilan hamkorlikda yog‘ochli daraxtlarning tez o‘sadigan, jumladan, jiyda, aylant, Kanada toli va pavloniya kabi turlarini tanlab olish bo‘yicha tadqiqotlar olib borilmoqda. Bahorgi bug‘doy, jo‘xori, makkajo‘xori, aspir, moyli zig‘ir, Afrika tarig‘i, beda, soya, mosh va boshqa o‘simliklarning turli xil namunalarida ekologik sinovlar o‘tkazildi.

ICBA xalqaro markazi (BAA) moliyaviy ko‘magida Orol dengizining qurigan tubidan 10 xildan ortiq tuproq tiplarini bir joyga to‘plash va ilmiy tadqiqotlar olib borish maqsadida lizimetrik tadqiqot maydonchasi barpo etildi va tuproqlar olib kelinib, tadqiqot ishlari amalga oshirildi.


Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati