Nigeriyaning Jigava shtatida suv toshqinlari qurbonlari soni 30 kishiga yetdi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 4
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 20-08-2024, 12:02

Nigeriyaning Jigava shtatida kuchli yomg‘ir sabab bo‘lgan suv toshqinlari qurbonlari soni 30 kishiga yetdi.

Bu haqda Nigeriya Favqulodda vaziyatlarni boshqarish agentligi (SEMA) Jigava shtati bosh kotibi Xaruna Mairigaga asoslanib xabar berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, suv toshqinlari oqibatida 4699 ta uy suv ostida qolgan, 9379 gektar ekin maydonlari zarar ko‘rgan.

❕ Nigeriya milliy favqulodda vaziyatlar agentligi (NEMA) matbuot kotibi Ezekiyel Manzo mamlakatning 27 shtatida kuchli yomg‘ir davom etganini va 227 494 kishiga ta’sir qilganini aytdi.

Nigeriya suv resurslari vazirligi avvalroq mamlakatning ayrim hududlarida kuchli yomg‘ir va suv toshqini haqida ogohlantirgan edi.


Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati