• Главная
  • »
  • Yangiliklar
  • »
  • Budapesht shahrida O‘zbekiston-Vengriya parlamentlararo hamkorligini kengaytirish masalalari muhokama qilindi

Budapesht shahrida O‘zbekiston-Vengriya parlamentlararo hamkorligini kengaytirish masalalari muhokama qilindi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 14
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 28-03-2024, 11:14
O‘zbekiston elchisi Oybek Shaxavdinov Vengriya Milliy Assambleyasi vise-spikeri, Vengriya-O‘zbekiston parlamentlararo do‘stlik guruhi hamraisi Shandor Lejak bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Muloqot chog‘ida Vengriya tomoni ikki mamlakat o‘rtasidagi amaliy hamkorlik tez sur’atlarda rivojlanib borayotganini yuqori baholadi. Qayd etilishicha, bunga turli darajadagi muntazam aloqalar sabab bo‘lmoqda.

Shandor Lejak, shuningdek, O‘zbekiston va Vengriya qonun chiqaruvchi organlari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlashga tayyorligini bildirdi.

Deputatning aytishicha, ikki tomonlama munosabatlarni yanada chuqurlashtirishda xalqlarni bir-biriga yaqinlashtiruvchi madaniy-gumanitar aloqalar muhim o‘rin egallaydi.

Uchrashuv yakunida turli sohalarda qo‘shma tadbirlarni tashkil etish to‘g‘risida kelishib olindi.

Eslatib o‘tamiz, 26 mart kuni elchi Oybek Shaxavdinov Vengriya Prezidenti Tamashu Shuyokga ishonch yorliqlarini topshirdi.


Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati