Davlat oliygohlaridagi talabalar turar joylarining sig‘imi ma’lum qilindi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 4
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 20-08-2024, 11:32
Bugungi kunda O‘zbekistondagi 112 ta davlat oliy ta’lim muassasalarida (OTM) jami 338 ta talabalar turar joyi (TTJ) mavjud. Ularning sig‘imi 127 792 o‘rindan iborat. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligi “Daryo”ga ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, hozirda respublika miqyosida 46 252 o‘rinli 86 ta TTJ qurish loyihalar amalga oshirilmoqda. Ulardan 59 tasi (31 882 o‘rinli) davlat–xususiy sheriklik asosida, 27 tasi (14 370 o‘rinli) OTMlari mablag‘lari doirasida qurilmoqda.

“Ayni paytda 34 320 o‘rinli 67 ta talabalar turar joylarini qurish ishlari olib borilmoqda”, deyiladi manba ma’lumotida.

Vazirlik xabariga ko‘ra, 2026 yilda davlat OTMlarining yotoqxonalar quvvati 182 616 o‘ringa yetkazilib, talabalarni joy bilan ta’minlanish qamrovi 68 foizdan oshiriladi.

Ayni paytda TTJlar soni eng ko‘p hudud Toshkent shahri hisoblanadi. Bugun poytaxtda jami 41 848 o‘rinli 108 ta talabalar turar joyi faoliyat yuritmoqda. Yana 8 542 o‘rinli 10 ta TTJ loyihasi ishlab chiqilyapti, 6 110 o‘rinli 7 ta yotoqxona qurilishi davom etmoqda.

2024/2025-o‘quv yili uchun davlat OTMlarining barcha bosqich talabalariga TTJlarga onlayn ariza topshirish imkoni yaratildi. Jarayon my.gov.uz portali orqali 1 avgustdan boshlab o‘quv yili yakunigacha davom etadi.
Ma’lum qilinishicha, yotoqxona bilan qamrab olinmagan va ijarada yashovchi davlat OTMlari talabalarining 60 foiziga oylik ijara to‘lovining bir qismi byudjetdan qoplab beriladi. Talabgorlarga ijara haqi uchun Toshkent shahrida BHMning bir baravari, qolgan hududlarda BHMning yarim baravari miqdorida pul to‘lanadi.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati