O‘zbekiston TIV rahbari AQSh senatori bilan uchrashdi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 16
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 28-03-2024, 11:12
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov kecha AQSh senatori Stiv Deyns bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

"AQSh senatori Stiv Deyns janoblari bilan uchrashishdan mamnunmiz. Senatorning O‘zbekiston bilan "xazinalar shtati" deya atalmish Montana shtati va AQSh o‘rtasida barcha yo‘nalishlarda aloqalarni rivojlantirishga qaratilgan sa’y-harakatlarini olqishlaymiz, — deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram kanalida. —Muloqot chog‘ida mintaqaviy va global kun tartibini, shuningdek, qishloq xo‘jaligi, iqtisodiyot, energetika, ta’lim va boshqa sohalarda hamkorlik uchun ulkan salohiyatni ro‘yobga chiqarish yo‘llarini muhokama qildik".

Eslatib o‘tamiz, 26 mart kuni O‘zbekiston TIV rahbari AQSh Vakillar palatasi delegasiyasi bilan muzokaralar o‘tkazdi.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati