Xorazmda noqonuniy saqlanayotgan sher hayvonot bog‘iga topshirildi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 3
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 20-08-2024, 10:32
Xorazm viloyatining Urganch shahrida noqonuniy saqlanayotgan sher hayvonot bog‘iga topshirildi.

Viloyat Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi nazorat inspeksiyasi tezkor guruhi hamda Urganch shahar IIB xodimlari hamkorligida navbatdagi tezkor reyd tadbiri o‘tkazilgan. Reyd davomida fuqaro E.S. Urganch shahar “Ashxobod” mahallasida joylashgan binoda yosh sherni noqonuniy saqlab kelayotgani aniqlangan.

Huquqbuzarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 92-moddasiga (hayvonlar yashaydigan muhitni muhofaza qilish qoidalarini, zoologik va botanik kolleksiyalarni vujudga keltirish va ular bilan savdo qilish qoidalarini buzish, xuddi shuningdek hayvonlarni o‘zboshimchalik bilan boshqa joyga ko‘chirish, iqlimlashtirish yoki chatishtirish) ko‘ra bayonnoma rasmiylashtirilib, u BHMning 5 barobari — 1 million 700 ming so‘m miqdorida jarimaga tortildi.

Sher esa vaqtincha saqlash uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida joylashgan Nukus hayvonot bog‘iga topshirildi.

Holatga aniqlik kiritish, yovvoyi sher bolasining qanday olib kelingani va qayerdan sotib olinganini aniqlash yuzasidan surishtiruv ishlarini olib borish uchun to‘plangan hujjatlar Urganch shahar IIBga yuborilgan.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati