Toshkentda qizga tegajog‘lik qilgan elektrik 5 sutkaga qamaldi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 3
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 20-08-2024, 10:30
U fuqaroning iltimosiga ko‘ra, unitazni tuzatishga yordam bergan, biroq o‘sha vaqt unga shilqimlik qilgan.

Ma’lum qilinishicha, ayol fuqaro S.B. joriy yilning 9 avgust kuni Yunusobod tumani IIO FMBga murojaat qilib, elektrik A.J. unga shahvoniy shilqimlik qilib, bel qismining yuqori qismlariga qo‘l tekkizib, tegajog‘lik qilganini, shu sababli unga chora ko‘rishni so‘ragan.

Mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilib, A.J.ga ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.

Mazkur sud ishi JIB Yununosobod tumani sudida ko‘rib chiqildi.

Sud majlisida A.J. fuqaro T.D. ning iltimosiga ko‘ra borib, santexnika ishlarini bajarganligini, uyda uning nevarasi S.B. bo‘lganligini, uning bir o‘zi unitazni tuzatishga qiynalganligini va undan yordam so‘raganini, shundan so‘ng u bilan qo‘l silkishib xayrlashganini ma’lum qilgan.

Sudlanuvchining ta’kidlashicha, u S.B.ga nisbatan hech qanday shilqimlik qilmaganini bayon qilib, unga nisbatan yengillik berilishini so‘ragan.
Sud hukmiga ko‘ra, A.J. MJtKnyng 41-1-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga nisbatan 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati