Toshkentning 3 ta tumani bugun vaqtincha gazsiz qoladi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 3
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 20-08-2024, 10:24
Ta’mirlash ishlari tufayli Olmazor, Yunusobod va Yashnobod tumanlarining quyidagi hududlariga 20 avgust kuni tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda «Hududgaz Poytaxt» xabar berdi.

Sergeli tumani (soat 10:00 dan 17:00 gacha): Aholi iste’molchilari soni – Sergeli-4 va Daryo bo‘yi ko‘chalaridagi 789 ta yerli xonadon va 10 ta ko‘p qavatli uylardagi 80 ta xonadon; Ulgurji iste’molchilar soni – 26 ta.

Yunusobod tumani (soat 10:00 dan 17:00 gacha): Aholi iste’molchilari soni – «Otchopar-2» MFY Chinobod, Otchopar, Obiravon, 8-tor Chinobod ko‘chalaridagi 180 ta yerli xonadon; Ulgurji iste’molchilar soni – 11 ta.

Yashnobod tumani (soat 11:00 dan 17:00 gacha): Aholi iste’molchilari soni – Osh ko‘chasidagi 5 ta ko‘p qavatli uylardagi 250 ta xonadon.

Qayd etilishicha, ta’mirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi.

Shuningdek, yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz ta’minoti filiali iste’molchilardan uzr so‘raydi.


Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati