Qashqadaryoda 47 marotaba yo‘l qoidasini buzgan haydovchining Nexia-3 mashinasi xatlandi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 15
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 28-03-2024, 11:06
Qashqadaryo viloyatda ko‘p marotaba qoidabuzarlik sodir etgan haydovchining Nexia-3 transport vositasi xatlandi.

Qayd etilishicha, Majburiy ijro byurosining Shahrisabz shahar bo‘limi tomonidan qarzdor K.Xalilovdan jami 47 ta 17 million 900 ming so‘mlik ma’muriy jarimasini undirishga oid ijro hujjati buyicha qarzdorga tegishli Nexia-3 rusumli avtomashinasi xatlangan va bo‘lim binosiga olib kelingan.

Byuroning Yakkabog‘ tuman bo‘limi xodimlari tomonidan 15 ta ma’muriy jarimani to‘lamagan qarzdor H.Ahmedovning qarzdorligi evaziga mashinasi xatlangan bo‘lsa, ukasi H.Ahmedov esa o‘zining 15 ta jarimasi uchun 6 million 300 ming so‘m to‘lab berdi.

Shuningdek, Chiroqchi tumanida yashovchi fuqaro S.Jumaboyev 27 marotaba qoida buzib, unga nisbatan qo‘llanilgan 11 million 694 ming so‘m qarzdorlikni to‘lamasdan kelgan. Byuroning Chiroqchi tuman bo‘limi xodimlarining ijro harakatlari natijasida qarzdorlik bir kunda undirilgan. Shu tumanda yashovchi A.Yuldashevning ham 12 ta ma’muriy jarimasi uchun 10 million 340 ming so‘m qarzdorlik undirilgan.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati