Zelenskiy: Kursk viloyatidagi 92 ta aholi punkti Ukraina nazoratida

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 2
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 20-08-2024, 09:36
Ukraina qurolli kuchlari Rossiyaning Kursk viloyatidagi 92 ta aholi punktini nazorat qilmoqda. Bu haqda prezident Vladimir Zelenskiy xabar berdi.

“Ukrainalik jangchilar Kursk viloyatining ayrim hududlarida himoya operasiyasini davom ettirmoqda. Bugungi kunda bizning kuchlarimiz 1250 kvadrat kilometrdan ortiq dushman hududi va 92 ta aholi punktini nazorat qilmoqda”, dedi Ukraina prezidenti.

Zelenskiy hozirda Ukraina armiyasi pozisiyalarini mustahkamlab, kelajakda ukrainaliklarga ayirboshlash rejalashtirilgan rossiyalik asirlar sonini ko‘paytirayotganini aytdi. Siyosatchiga ko‘ra, bir necha oy oldin dunyoda ko‘pchilik Kursk hujumini “noreal” va “Rossiyadagi barcha qizil chiziqlarning eng qizil kesishmasi” deb hisoblagan bo‘lardi.

“Aynan shu uchun bizning bunday tayyorgarligimiz haqida hech kim eshitmagan. Bir qator sheriklar tomonidan urushni baholashda ustunlik qilgan Rossiyaga nisbatan qizil chiziqlar deb ataladigan sodda, xayoliy konsepsiya yaqinda Sudja shahri yaqinida barbod bo‘ldi”, dedi Zelenskiy va “faol, preventiv himoya Rossiya terroriga qarshi eng samarali kurash” ekanini aytdi.

Uning ta’kidlashicha, agar Ukraina sheriklari Rossiya hududida qurol ishlatish bo‘yicha barcha cheklovlarni olib tashlasa, Kiyev Kursk viloyatiga hujum qilmasdi. Ukraina rahbari Rossiyaning harbiy bazalari, aerodromlari, logistika va boshqa harbiy ob’ektlari armiya uchun “to‘liq adolatli nishonlar” ekanini bildirdi.

“Bizga G‘arb tomonidan yetkazib berilayotgan qurollarni ishlatishda yetarlicha uzoq masofaga zarba berish kerak”, deya xulosa qildi u.


Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati