Sentyabr oyida Qoraqalpog‘istonda yirik Investisiya forumini o‘tkazish reja qilingan

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 2
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 20-08-2024, 09:22
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Qoraqalpog‘istonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Nukus shahrida 1 million dollar, qolgan tumanlarda 300 ming dollar investisiya kiritish sharti bilan Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi qarori asosida yer uchastkalari to‘g‘ridan-to‘g‘ri berilayapti.

Kichik investisiyalarga ham yer to‘g‘ridan-to‘g‘ri berilsa, investorlar Nukus shahri, tuman markazlari va yo‘l bo‘ylarida kamida 2 ming aholini ish bilan ta’minlamoqchi.

Davlatimiz rahbari bunday kichik va o‘rta loyihalarga yerni to‘g‘ridan-to‘g‘ri ajratish taklifini ma’qulladi.

Umuman, Qoraqalpog‘istonda amalga oshirsa bo‘ladigan yana 9,5 milliard dollarlik 120 ta istiqbolli loyihalar tayyorlangan.

Sentyabr oyida Qoraqalpog‘istonda yirik Investisiya forumini o‘tkazish reja qilingan. Mas’ullarga forumga puxta tayyorgarlik ko‘rish topshirig‘i berildi.


Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati