Qoraqalpog‘istondagi imkoniyatlar tahlil qilinib, galdagi vazifalar belgilandi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 1
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 20-08-2024, 09:14
Kegeyli tumanida 19 avgust kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari muhokamasi bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Barcha hududlar qatori Qoraqalpog‘istonda ham drayver yo‘nalishlarda investisiya, ish o‘rni, eksportni ko‘paytirish choralari ko‘rilmoqda. O‘tgan davrda Qoraqalpog‘istonda 1,4 milliard dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiya evaziga 150 ta loyiha ishga tushgan. Tadbirkorlar 12 mingdan 25 mingga, tijorat maydonlari 1,5 million kvadrat metrga ko‘payib, 212 ming odam doimiy ishga joylashgan.

Biznes va investisiya uchun qulay muhit natijasida tadbirkorlik rivojlanayapti. Masalan, faoliyatini mikroloyihadan boshlagan 13 ming tadbirkor kichik biznesga, yana 351 tasi o‘rta biznesga o‘tdi. Yillik “aylanmasi” 100 milliard so‘mdan yuqori tadbirkorlar 43 taga yetdi.

Ijtimoiy infratuzilma natijasini odamlar o‘z hayotida ko‘rmoqda. Xususan, maktabgacha ta’lim qamrovi 28 foizdan 84 foizga oshdi. Yangi 21 ta maktab qurildi, yana 243 tasi to‘liq ta’mirlandi.

Ilk marta 700 o‘ringa mo‘ljallangan 17 qavatli IT-park qurildi. “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida ikki yil ichida 40 mingga yaqin qoraqalpog‘istonlik yoshlar o‘qitildi.

Tuman va shaharlarda 74 ta oilaviy shifokorlik punkti, 81 ta poliklinika, 92 ta mahalla tibbiyot punktlari ishga tushdi. To‘rtko‘l, Qo‘ng‘irot va Chimboy tumanlarida qo‘shma shikastlanish va o‘tkir qon-tomir kasalliklari markazlari tashkil etildi.
Yaqin-yaqingacha o‘z uyiga mulk huquqi bo‘lmagani sababli 100 mingdan ortiq aholi qiynalib kelayotgan edi. Bu muammo hal bo‘lib, 27 mingta xonadonda yashovchi fuqarolarning uy-joyiga bo‘lgan mulk huquqi e’tirof etildi.
Qoraqalpog‘istonda Mahallalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tashkil qilinib, 452 ta mahallaning har biriga 500 million so‘mdan ajratildi. Natijada, 316 kilometr ichki yo‘l ta’mirlandi, 151 kilometr elektr tarmog‘i yangilandi, 55 kilometr gaz va 112 kilometr suv tarmog‘i o‘tkazildi.
Osiyo taraqqiyoti bankidan jalb qilingan 274 million dollar hisobidan “Buxoro – Nukus – Beynov” yo‘nalishidagi 240 kilometr magistral yo‘l yaqin kunlarda ishga tushadi.
Orol bo‘yidagi iqlim sharoitini yaxshilash bo‘yicha ham juda katta dastur boshlangan. So‘nggi yetti yilda Orol dengizining qurigan tubida 1,9 million gektarda yashil qoplamali o‘rmonzorlar barpo etildi. Ekotizimni yaxshilash, sho‘rlangan, suvsiz muhitda yangi nav va urug‘larni yaratish uchun Orolbo‘yi xalqaro innovasiya markazi tashkil etildi.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati