O‘zbekistonning Parlamentlararo ittifoq bilan sherikligi yanada kengaytiriladi
- Жанр: Yangiliklar
- Смотрели: 15
- Формат: mp4
- Дата релиза: 28-03-2024, 10:54
Mamlakatimizning ushbu nufuzli xalqaro tashkilot bilan hamkorligini yanada kengaytirish, Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish, inson huquqlarini himoya qilish va gender tenglikni ta’minlash, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlarda amaliy va konstruktiv muloqotni davom ettirish kabi masalalar muhokama etildi.
Shuningdek, PI bilan birgalikda o‘tkaziladigan tadbirlar, xususan 2025 yil yurtimizda bo‘lib o‘tadigan 150-yubiley Assambleyaga tayyorgarlik ko‘rish va uning doirasidagi tadbirlarni o‘tkazishning tashkiliy jihatlari ko‘rib chiqildi.
Martin Chungong ta’kidlaganidek, bo‘lajak Assambleyaning asosiy mavzusi O‘zbekiston tomonining ustuvor yo‘nalishlari va takliflaridan kelib chiqib belgilanadi.
— Toshkent sammiti nafaqat PI, balki butun jahon parlament harakati uchun tarixiy ahamiyatga ega bo‘ladi. Uning doirasida qabul qilingan qarorlar tashkilotimizning o‘rta va uzoq muddatli istiqboldagi rivojlanish yo‘nalishlarini belgilaydi — dedi, Martin Chungong.
Muloqot chog‘ida joriy yil may oyida Samarqandda o‘tkaziladigan Osiyo xotin-qizlar forumi dasturidan maxsus parlament segmenti o‘rin olgani ta’kidlanib, uni muvaffaqiyatli o‘tkazilishida PIning ko‘magiga umid bildirildi, deb xabar beradi Oliy Majlis Senati matbuot xizmati.