Rossiya Telegram’ni bloklashi mumkin

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 5
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 19-08-2024, 23:58
Rossiyada Telegram foydalanuvchilari 19 avgust kechasi messenjer faoliyatida uzilishlarga duch keldi. «Sboy.rf» va Downradar statistika servislariga ko‘ra, asosan Moskva va Sankt-Peterburgdagi foydalanuvchilar messenjerga VPN’siz kira olmay qolgan.

Internet himoyasi jamiyati direktori va Telegramʼdagi «ZaTelekom» kanali muallifi Mixail Klimaryovning ta’kidlashicha, nosozlik Rossiya hukumati tomonidan Telegram’ni bloklash yoki uzish bo‘yicha o‘tkazilgan test natijasida yuzaga kelgan bo‘lishi mumkin.

Uning fikricha, messenjer faqat Rossiyada ishlamay qolgani bunga isbot bo‘la oldi. Dunyoning turli davlatlaridagi internet-resurslar faoliyati to‘g‘risida ma’lumot to‘plovchi Downdetecor servisi boshqa mamlakatlarda Telegram bilan nosozlik kuzatilganini qayd etmagan.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati