Afrikaning qarzi 1 trillion dollarga yetdi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 3
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 19-08-2024, 20:06
Afrika davlatlarining umumiy suveren qarzi 1 trillion dollarga yetdi. Bu haqda BMT Afrika iqtisodiy komissiyasi ijrochi kotibi Klaver Getete ma’lum qildi, deya xabar beradi TASS.

"Afrika davlatlarining suveren qarzi 1 trillion dollar darajasiga yetdi. Davlat qarzi yuqori bo‘lgan Afrikaning har uchinchi davlati hozirda jiddiy moliyaviy muammolarga duch kelmoqda”, - deya uning so‘zlarini keltiradi Bloomberg.

Getetening ta’kidlashicha, Afrikaning qarz yuki ortib borayotgani uzoq muddatli imtiyozli moliyalashtirish, rivojlanishga rasmiy yordam va to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalar pasayayotgan bir paytda yuzaga keladi. Uning qo‘shimcha qilishicha, iqlim o‘zgarishi oqibatlari Afrikaga juda qattiq ta’sir ko‘rsatmoqda va bu qit’aning yalpi ichki mahsulotining 5 foizigacha bo‘lgan yillik jami yo‘qotishlariga sabab bo‘lmoqda.

BMT ma’lumotlariga ko‘ra, Zimbabve, Gana va Efiopiya hozir eng og‘ir moliyaviy ahvolda.

Davlat qarzining o‘sishi faqat Afrika bilan cheklanmaydi. IFF Global debt monitor ko‘ra, 2024 yilning birinchi choragida dunyoning barcha davlatlarining umumiy qarzi 91,4 trillion dollarni tashkil qilgan.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati