Rossiya Ozarbayjondan mamlakatda rus tiliga bo‘lgan e’tibor uchun minnatdor

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 4
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 19-08-2024, 17:38
Rossiya Ozarbayjondan mamlakatda rus tiliga bo‘lgan e’tibor va bu til o‘qitiladigan maktablar ishidan minnatdor, dedi Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ozarbayjon rahbari Ilhom Aliyev bilan muzokaralar chog‘ida.

«Rus tilini rivojlantirishga qaratayotgan e’tiboringiz uchun sizdan minnatdormiz. Ozarbayjonda rus tilida olib boriladigan 300 ta maktab, yetakchi oliy ta’lim muassasalarimizning filiallari faoliyat ko‘rsatmoqda», — dedi Rossiya Federasiyasi Prezidenti.

Putin gumanitar hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiya ishini esga oldi.

«Yaqinda – o‘n kun avval shu yerda, Bokuda hukumatlararo komissiyaning navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi, komissiya muvaffaqiyatli ishlamoqda», — dedi Rossiya prezidenti.

Rossiya rahbari iyun oyida Ozarbayjonda o‘tkazilgan Rossiya madaniyati kunlarini ham tilga oldi.

Putin, shuningdek, minglab Ozarbayjon fuqarolari allaqachon Rossiyada oliy ma’lumot olayotganini va Moskva bu hamkorlikni kengaytirishga tayyorligini aytdi.


Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati