Britaniya diplomatining vijdoni bosqinchi Isroilning jinoyatlariga chidolmadi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 3
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 19-08-2024, 17:02
Britaniya Tashqi ishlar vazirligi rasmiysi Mark Smit Britaniyaning isroilga qurol sotishda davom etayotganiga norozilik sifatida iste’foga chiqdi va hukumat G‘azoda sodir etilgan harbiy jinoyatlarga sherik ekanligini aytdi.

Tashqi ishlar, Hamdo‘stlik va taraqqiyot idorasida ishlagan Smit o‘z qarorini iste’foga chiqish xatida e’lon qilgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, xalqaro gumanitar huquqlar buzilishi mumkinligi haqidagi xavotirlari vazirlik tomonidan rad etilgan va unga iste’foga chiqishdan boshqa chora qolmagan.

«Tashqi ishlar xizmatidagi uzoq faoliyatimdan so‘ng nafaqaga chiqqanimdan qayg‘udaman, lekin departament urush jinoyatlariga sherikligini bilib, endi o‘z vazifamni bajara olmayman», deyiladi maktubda.

«isroil askarlari fuqarolar mulkini ataylab yoqib yuborish, yo‘q qilish va talon-taroj qilish, mahbuslarni zo‘rlash va qiynoqqa solishni ochiq tan olgani tasvirga olingan», dedi Smit.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati