Toshkentda Captiva haydovchisi IIO xodimini urib, unga tan jarohati yetkazdi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 3
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 19-08-2024, 16:54
Ijtimoiy tarmoqlarda IIO xodimiga nisbatan faol qarshilik ko‘rsatish holati aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 19 avgust tungi soat 02:00 larda Bektemir tumanidagi bozor hududida tungi xizmatga jalb qilingan Bektemir tumani IIO FMB PPX inspektori safdor J.Rajabov transport vositasi to‘xtab turish taqiqlangan joyga qo‘yilganligi holatini aniqlagan.

Ushbu transport vositasi boshqa transport vositalarining erkin harakatlanishiga xalaqit berganligi sababli J.Rajabov Saptiva rusumli avtomashina egasini chaqirtirgan va transport vositasini olib qo‘yishini so‘ragan. Biroq, 1990 yilda tug‘ilgan fuqaro IIO xodimining qonuniy talabini bajarmasdan, unga faol qarshilik ko‘rsatib, safdor J.Rajabovni urib, unga tan jarohati yetkazgan.

Mazkur holat yuzasidan Bektemir tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda. Tekshiruv yakuni bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati