• Главная
  • »
  • Yangiliklar
  • »
  • The Sunday Times: Britaniya dronlari Ukraina qurolli kuchlarining Kursk viloyatidagi hujumida muhim rol o‘ynadi

The Sunday Times: Britaniya dronlari Ukraina qurolli kuchlarining Kursk viloyatidagi hujumida muhim rol o‘ynadi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 3
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 19-08-2024, 16:38
Rossiyaning Kursk viloyatidagi hujumida Ukraina harbiylari Buyuk Britaniyadan olingan dronlardan foydalanmoqda, deb yozadi The Sunday Times. Nomi va texnik xususiyatlari nashr tomonidan aniqlanmagan ushbu dronlar hujumda "asosiy rol o‘ynagan".

Avvalroq ukrainalik harbiylar Rossiyaning Kursk viloyatidagi urushi chog‘ida Britaniyaning "Challanger 2" tanklaridan foydalangani ma’lum bo‘lgandi. Keyin bu Ukrainaga o‘tkazilgan britaniyalik tanklar Rossiya hududidagi janglarda qo‘llanilgan birinchi holat bo‘lishi mumkinligi qayd etilgan edi.

The Sunday Times ta’kidlaganidek, Key Starmer boshchiligidagi Britaniyaning yangi hukumati Buyuk Britaniya tomonidan, shu jumladan Rossiyaning xalqaro miqyosda tan olingan hududida uzatilgan qurollardan foydalanishni ochiqroq tan olishga qaror qildi.

Nashrning qayd etishicha, Britaniyaning Rossiya hududida hozircha qo‘llash mumkin bo‘lmagan yagona quroli bu Storm Shadow raketalaridir. Britaniya hukumati bu taqiqni bekor qilish tarafdori, biroq The Sunday Times gazetasining yozishicha, ittifoqchilar pozisiyasi tufayli buni hozircha amalga oshira olmaydi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati