Sirdaryo tuman Obodonlashtirish boshqarmasi o‘tkazgan 954 mln so‘mlik davlat xaridlarida qonunbuzilish holati aniqlandi
- Жанр: Yangiliklar
- Смотрели: 6
- Формат: mp4
- Дата релиза: 19-08-2024, 15:52
✈️ Raqobat qo‘mitasining Sirdaryo viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan Sirdaryo tuman Obodonlashtirish boshqarmasida amalga oshirilgan xaridlarda O‘zbekiston Respublikasining “Raqobat to‘g‘risida”gi va “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonunlari ijrosi yuzasidan o‘rganishlar olib borildi.
✈️ O‘rganishlar natijasida Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan joriy yilning 14 iyun sanasida “Ekskavator-Pogruzchik” xarid qilish uchun o‘tkazilgan boshlang‘ich qiymati 954 mln so‘mlik xarid jarayonida ishtirokchilarni baholashda “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonunining 29-moddasi va “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonunining 46-moddasi talablari buzilishi holatlari aniqlandi.
✈️ Mazkur holatlarga huquqiy baho berish uchun tegishli ma’lumotlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.