Daraxtlarni kesgan fuqaroga jarima qo‘llanildi
- Жанр: Yangiliklar
- Смотрели: 15
- Формат: mp4
- Дата релиза: 28-03-2024, 10:24
Olib borilgan nazorat reyd tadbirlari davomida Buxoro shahar “Sharq yulduzi” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan “Darxan” restorani oldida fuqaro M.O. qurilish ishlarini olib borish maqsadida 2 tup aylanta, 3 tup shumtol, jami 5 tup manzarali daraxtlarni kesib tashlaganligi aniqlandi.
Huquqbuzarlikni sodir etgan fuqaroga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 79-moddasi 1-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, tabiatga yetkazilgan zarar 26 million 860 ming so‘m hamda 8 million 500 ming so‘m jarima qo‘llanildi.
Ma’lumot uchun: Buxoro shahrida joriy yilda daraxtlarning kesilishi bilan bog‘liq 16 ta holat kuzatilgan. Natijada jami 146 million so‘m jarima hamda tabiatga yetkazilgan zarar hisoblangan.