Nokia fanati Ginnessning rekordlar kitobiga kiritildi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 4
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 19-08-2024, 14:52

Ispaniyalik Vens Palau Fernandes Ginnessning rekordlar kitobiga kiritildi. Ta’kidlanishicha, Fernandes mobil telefonlarning eng katta to‘plamini jamg‘argan — jami 3615 xil model. Bularning barchasini u Barselonadagi kvartirasida saqlaydi.

Mobil qurilmalar ishqibozi 2008 yildan Nokia telefonlarini yig‘ishni boshlagan, oradan 10 yil o‘tib, shu rusumdagi telefonlari soni 700 taga yetdi. Shundan so‘ng Fernandes jamg‘armasini boshqa brendlarning telefonlari va Nokia sotuvga chiqarmagan prototiplar bilan ham to‘ldirishga kirishdi.

Bugunga kelib uning o‘ziga xos «uy-muzeyi»da Nokia bilan birga Siemens, NEC, Motorola, Blackberry, Samsung, HTC, Apple va boshqa ko‘plab kompaniyalarning qurilmalarini uchratish mumkin. Ular orasida eksklyuziv va kamyob rusumli mobil telefonlar ham bor.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati