Markaziy bank fuqarolarni ogohlantirdi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 4
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 19-08-2024, 14:22
Hozirgi kunda firibgarlarning internet tarmog‘idan soxta telefon raqamlari orqali fuqarolarga qo‘ng‘iroq qilish holatlari kuzatilmoqda. Bunda firibgarlar Markaziy bank xodimi sifatida o‘zini tanishtirib, fuqarolarning ishonchiga kirishga urinmoqda.

Bundan tashqari, firibgarlar Telegram messenjerida Markaziy bank nomidan ochilgan “O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki” soxta qo‘llab-quvvatlash chatga qo‘shib, fuqarolarning bank kartalariga oid ma’lumotlarini qo‘lga kiritish orqali bank kartasidagi pul mablag‘larini o‘zlashtirmoqda.

Markaziy bank bu kabi xabarlar va akkauntlarga O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining hech qanday aloqasi yo‘qligini ma’lum qiladi (https://t.me/centralbankuzbekistan/10156).

Fuqarolar uchun quyidagi ma’lumotlarni eslatib o‘tiladi:

⁃ Markaziy bank jismoniy shaxslarga kreditlar ajratmasligini va moliyaviy xizmatlar ko‘rsatish bilan shug‘ullanmasligini yodda tuting.

⁃ Fuqarolardan ushbu xabarlarga e’tibor qaratmaslik va bank kartalari ma’lumotlarini uchinchi shaxslarga bermaslik, hech qanday havolaga kirmaslik so‘raladi.
⁃ Ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish jarayonida regulyatorning tarmoqlardagi verifikasiyalangan sahifalaridan foydalanish tavsiya etiladi.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati