Rossiya Janubiy Kavkazda yuzaga keladigan xavflarga qarshi turishda Ozarbayjonga muhtojmi?

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 4
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 19-08-2024, 14:14



Ukraina urushidan keyin xorijiy safarlarga biroz tin bergan Rossiya Prezidenti Janubiy Kavkazdagi pozisiyaviy urush tufayli 18 avgust kuni Bokuga tashrif buyurgan. Uning Ozarbayjonga tashrifi nimalarni hal qiladi-yu, Putin bu orqali nimalarga erishadi?

«Axar.az» nashrining yozishicha, Rossiyaning siyosiy, iqtisodiy va xavfsizlik sohalarini qamrab olgan mintaqaviy rejasini bir necha jihatlar bo‘yicha baholash mumkin.

Birinchidan, energiya resurslarini Ozarbayjon va Turkiya orqali Janubiy gaz bozori koridoriga chiqarish;

Ikkinchidan, Fors ko‘rfazi va Janubi-Sharqiy Osiyoga (ayniqsa Hindiston) chiqish.
Energiya resurslaridan u yoki bu shaklda foydalanish imkoniyatlari bor. Janubi-Sharqiy Osiyo bozoriga chiqish imkonini beruvchi «Shimol-Janub» transport loyihasi oldida muayyan to‘siqlar mavjud. Putinning o‘tgan oy Kremlda Modi bilan uchrashuvi, keyin Mudofaa noziri Shoyguning Tehron va Bokuga tashrifi uning yaqin kelajakda Shimol-Janub transport loyihasini boshlash istagidan dalolat beradi. Loyihaning Eron bilan bog‘liq qismi tugallanmagan, ammo hozirda xavfsizlik muammosi texnik ishlardan muhimroqdir.
Putin bu masalalarni joyida – Bokuda muhokama qilmoqchi va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavflarni bartaraf qilmoqchi. Shoyguning Tehronga, keyin esa Bokuga tashrifi ana shu masalalarni muhokama qilish va Putinning tashrifi oldidan kun tartibini kelishib olishga qaratilgan edi.
Janubiy Kavkazda yuzaga keladigan xavflar va Rossiyaning mintaqaga doir rejalariamalga oshishi uchun Ozarbayjonga muhtoj. Chunki mintaqaning ikki davlati – Armaniston va Gruziya ustidan qandaydir «qo‘l almashish» bo‘lsa ham, Bokuning kuchlar muvozanatini o‘zgartirish yoki muvozanatlashtirishdagi roli kattaroq ekanligini Putin yaxshi biladi.
Tashrif doirasida Putinda Bokuning kuchlar muvozanatini saqlab qolish istagi bo‘lishi mumkin. Putinning tashrifi davomida: mintaqaviy darajadagi muammolarni hal qilish; Mintaqaviy bo‘lmagan o‘yinchilarning mintaqadagi faoliyatiga yo‘l qo‘yilmaslik; 3+3 formatini ishlab chiqish; Ozarbayjon Armaniston tinchlik muzokaralarini ikki tomonlama formatda olib borish, zarur hollarda mintaqa davlatlaridan platforma sifatida foydalanish kabi masalalar ko‘rib chiqiladi.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati