Namangan viloyati hokimi o‘rinbosari 7,5 yilga qamaldi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 3
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 19-08-2024, 13:28

2023 yil dekabr oyida Namangan viloyati hokimining qurilish, kommunikasiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Saidahmad Sultonov qamoqqa olingani xabar berilgandi.

Saidahmad Sultonov sud hukmi bilan Jinoyat kodeksi 167-moddasi 3-qismining “a” bandi (juda ko‘p miqdorda o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish), 168-moddasi 4-qismining “a” bandi (juda ko‘p miqdorda firibgarlik), 205-moddasi 2-qismining “a” bandida (hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish) nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilgan.

Unga 3 yil muddatga davlat ishtirokidagi tashkilotlarda, shu jumladan hokimlik tizimida mansabdorlik va moddiy javobgarlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilgan holda 7 yil 6 oy ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati