Xamzat Chimayevning UFC'dagi navbatdagi raqibi kim bo‘lishi ma’lum qilindi
- Жанр: Yangiliklar
- Смотрели: 14
- Формат: mp4
- Дата релиза: 28-03-2024, 10:22
Uaytning so‘zlariga ko‘ra, 22 iyun kuni Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida UFC Fight Night turniri tashkil etiladi.
Ushbu oqshomning markaziy jangi o‘rta vazn toifasi reytingida 11-o‘rinni egallab turgan BAA vakili Xamzat Chimayev hamda 3-pog‘onadagi avstraliyalik Robert Uittaker o‘rtasida kechishi ma’lum bo‘ldi.
Avvalroq, Chimayevning Checheniston rahbari Ramzan Kadirov bilan yaxshi munosabatda ekani tufayli AQShga viza ololmayotgani haqida xabar bergan edik.