Lukashenko Ukraina nimadan xursand bo‘lishini aytdi
- Жанр: Yangiliklar
- Смотрели: 3
- Формат: mp4
- Дата релиза: 19-08-2024, 13:10
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko, agar Rossiya taktik yadro qurolidan foydalansa, Ukraina «juda xursand bo‘ladi», dedi. Bu fikrini u «Rossiya» telekanaliga bergan intervyusida Ukraina qurolli kuchlarining Rossiya Federasiyasining Kursk viloyatidagi operasiyasini sharhlar ekan.
Lukashenkoning qayd etishicha, Ukrainaning bunday harakatlari mojaroning kuchayishiga olib keladi va Rossiyani assimetrik choralar, jumladan, yadro qurolidan foydalanishga undashi mumkin.
«Agar Rossiya yoki biz u yerda taktik yadro qurolidan foydalansak, Ukraina juda xursand bo‘lishini aniq bilaman. Bu baxt bo‘lardi. Shunda, ehtimol, bizning ittifoqchilarimiz qolmasdi. Umuman olganda, xayrixoh mamlakatlar ham qolmaydi. Chunki ular bo‘layotgan voqealarga sho‘ng‘ib ketishgan», — dedi Aleksandr Lukashenko.
«Ikkinchidan, bular yadroviy qurollar. Biz allaqachon ushbu yadro qurollari haqida ma’lum bir salbiy tasavvurni shakllantirganmiz. Shuning uchun ular turtki berishmoqchi», - deya qo‘shimcha qildi Belarus rahbari.