Moskvada reydlardan keyin migrantlarga chaqiruv qog‘ozlari tarqatildi
- Жанр: Yangiliklar
- Смотрели: 7
- Формат: mp4
- Дата релиза: 19-08-2024, 11:46
Ma’lum qilinishicha, reydlar Moskva sharqidagi “Shelkovskaya” metro bekati yonidagi avtovokzalda, shuningdek, sabzavot bozori va hostellarda amalga oshirilgan. Qaysi mamlakatdan kelganlar chaqiruv qog‘ozlarini olgani aytilmagan.
Bir necha kun avval Sankt-Peterburgda ham migrantlarning ish joylariga keng ko‘lamli reyd uyushtirilgan. 250 dan ortiq polisiyachilar shaharning yirik ulgurji bozorlariga borib, u yerda tekshirilgan 2 ming nafar xodimdan Rossiyada noqonuniy ravishda bo‘lgan 100 dan ortiq muhojirni aniqlagan. Ularga nisbatan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risida ish qo‘zg‘atilgan. Endilikda deportasiya qilish masalasi hal qilinmoqda.