Tamaki mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar qo‘lga tushdi
- Жанр: Yangiliklar
- Смотрели: 7
- Формат: mp4
- Дата релиза: 19-08-2024, 10:06
Shu kabi, Departamentning Asaka tuman bo‘limi, IIB va soliq inspeksiyasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda o‘z uyida qonunga xilof ravishda tamaki mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan B.Q. xaridor N.D.ga aksiz markasiz tamaki mahsulotini sotayotgan vaqtida ushlanib, kelgusida sotish maqsadida saqlab qo‘yilgan turli nomdagi jami 4 460 quti tamaki mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Xuddi shunday, Departamentning Toshkent viloyat boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar A.I. va I.A. xorijda ishlab chiqarilgan 2 500 dona elektron tamaki mahsulotini fuqaro A.S.ga 52 mln so‘mga sotgan vaqtlarida ushlanib, I.A.ning boshqaruvidagi avtomashinadan yana 3 200 dona elektron tamaki va 290 quti “Parlament super slim” nomli aksiz markasiz tamaki mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Departamentning Namangan tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa “H.Z.” MCHJ sotuvchisi I.S. xaridorga “Ignite” nomli elektron tamaki mahsulotini sotgan vaqtida ushlanib, 21 turdagi xorijda ishlab chiqarilgan 458 quti tamaki mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.