Toshkentda bunyod etilayotgan «Olimpiya shaharchasi» ko‘zdan kechirildi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 5
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 19-08-2024, 09:32
"Toshkent-2025" yoshlar Osiyo o‘yinlari uchun barpo etilayotgan Olimpiya shaharchasida qurilish ishlari jadal davom etmoqda.

Sport vaziri Adham Ikromov va Milliy olimpiya qo‘mitasi bosh kotibi Oybek Qosimov yetakchiligidagi mutasaddi-mutaxassislar qurilish ishlarini ko‘zdan kechirdi.

O‘rganish davomida mutasaddilar ob’ektlarning bugungi kundagi holati bilan yaqindan tanishdi. Ularga jarayon uchun mas’ul mutaxassislar bu borada olib borilayotgan ishlar haqida to‘liq ma’lumot taqdim etdi.



Qayd etish joiz, hozirgi kunga kelib, metall konstruksiya ishlari allaqachon yakunlangan bo‘lib, ob’ektlarning tashqi qismini yopish jarayoni ketmoqda. Quruvchilar har bir detalga alohida ahamiyat qaratilayotgani, foydalanilayotgan mahsulotlarning aksariyati pishiq materiallardan tayyorlanayotganini qo‘shimcha qildi.


Suhbat davomida o‘yinlardan keyin ob’ektlardan samarali foydalanish masalasi yana bir karra ko‘rib chiqildi. Ish samaradorligini oshirish borasida kerakli tavsiyalar aytib o‘tildi.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati