Vengriya o‘zbekistonliklar uchun bo‘sh ish o‘rinlarini taklif qilmoqda
- Жанр: Yangiliklar
- Смотрели: 20
- Формат: mp4
- Дата релиза: 28-03-2024, 09:58
Onlayn muloqot chog‘ida O‘zbekistondan mehnat muhojirlarini Vengriyaga jalb qilish, Tashqi mehnat migrasiyasi masalalari agentligi va ushbu kompaniyasi o‘rtasida hamkorlik shartnomasini tuzish masalalari muhokama qilindi.
Muzokaralar davomida agentlikning chet tillarini tanlash, tayyorlash, o‘rgatish sohasidagi faoliyati, O‘zbekistondan bo‘lajak mehnat migrantlari uchun davlat tomonining kafolatlari va shartlari haqida batafsil ma’lumot berildi.
Vengriya tomoni O‘zbekiston Tashqi mehnat migrasiyasi masalalari agentligi bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish va agentlik tomonidan yuborilgan mehnat migrantlarini Vengriyaga yollash va ishga joylashtirish sohasida shartnoma tuzishga tayyorligini bildirdi.
Uchrashuv natijasida O‘zbekiston Tashqi mehnat migrasiyasi masalalari agentligi va "Worknet Kft." kompaniyasi o‘rtasida hamkorlik shartnomasini imzolash to‘g‘risida kelishuvga erishildi.
David Penzesh, shuningdek, joriy aprel oyidan boshlab 100 nafar o‘zbekistonliklarni Vengriyadagi qurilish ob’ektlarida ish bilan ta’minlashga tayyorligini bildirdi.