Estoniya 2025 yildan jangovar o‘q-dorilar ishlab chiqarmoqchi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 3
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 19-08-2024, 07:04
Estoniyaning Emari harbiy shaharchasida 2025 yil boshidan jangovar o‘q-dorilarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirilmoqda, deb xabar beradi mamlakat mudofaa vaziri Xanno Pevkur.

«Bugungi xavfsizlik nuqtai nazaridan imkon qadar tezroq Estoniyada jangovar o‘q-dorilar ishlab chiqarishni boshlash kerak», — deydi Pevkur.

Vazirning qo‘shimcha qilishicha, variantlardan biri sifatida tender asosida u yoki bu korxonaga Emarida shunday ishlab chiqarishni boshlash imkoniyatini berish bo‘lgan.

«U yerda xavfsizlik va ishonchlilik talablariga javob beradigan infratuzilma mavjud», — deydi Estoniya mudofaa vaziri.

Qayd etilishicha, yaqin vaqt ichida Mudofaa investisiyalari davlat markazi tender o‘tkazadi. Unda g‘olib bo‘lgan korxona Emari harbiy shaharchasidagi yettita omboriga ega 8,9 ming kvadrat metr maydonni qo‘lga kiritadi. Ob’ektdan jangovar o‘q-dorilar va portlovchi moddalarni ishlab chiqarishda foydalanilishi kerak.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati