Nasri: Grizmann eng yaxshi 5 nafar fransuz futbolchisi ro‘yxatiga kirmaydi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 44
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 16-03-2024, 00:40
Fransiya terma jamoasining sobiq futbolchisi Samir Nasri Antuan Grizmanning saviyasiga baho berdi.

"Atletiko Madrid" forvardi ko‘p yillar davomida Fransiya terma jamoasining asosiy o‘yinchilaridan biri bo‘lib kelmoqda, ammo Nasrining fikricha, "matraschilar" tarixidagi eng yaxshi to‘purar tarixdagi eng kuchli besh fransuz futbolchisi qatoriga kirmagan.

“Ha, u eng kuchli 10talikda bo‘lishi mumkin, lekin kuchli beshlikda emas. Zidan, Platini, Anri va boshqalar borki, Grizmanndan yuqoriroqda turadi. Misol uchun, Raymond Kopa - men uning o‘yinini ko‘rmaganman, lekin uning yutuqlari o‘zi haqida gapiradi. Shuningdek, Benzema ham "Oltin to‘p"ga ega", - deya Nasrining so‘zlaridan iqtibos keltiradi Footmercato.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati