• Главная
  • »
  • Yangiliklar
  • »
  • Germaniyadagi muzeydan o‘g‘irlab ketilgan 124 mln dollarlik taqinchoqlar o‘z joyiga qaytarildii

Germaniyadagi muzeydan o‘g‘irlab ketilgan 124 mln dollarlik taqinchoqlar o‘z joyiga qaytarildii

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 5
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 18-08-2024, 23:46
Sharqiy Germaniyadagi muzeydan qiymati millionlab yevro turuvchi qimmatbaho taqinchoqlar o‘g‘irlab ketilganidan qariyb besh yil o‘tib, eksponatlar yana tashrif buyuruvchilar e’tiboriga havo etiladi, deb xabar beradi CNN.

Qayd etilishicha, 2019 yilning noyabrida Drezdendagi «Yashil gumbaz» muzeyidan 4,3 mingdan ortiq brilliant toshlariga ega, qiymati 124 million dollarni tashkil etuvchi eksponatlar o‘g‘irlab ketilgan.

Polisiyaning ma’lum qilishicha, Yevropadagi eng noyob san’at asarlari saqlanadigan muzeydan o‘g‘irlangan qimmatbaho taqinchoqlari yana o‘z joyiga qaytarilgan. Ular orasida Drezden oq brillanti nomi bilan mashhur qimmatbaho tosh o‘rnatilgan epolet (ba’zi chet el armiyalar ofiserlarning hashamatli zar pogonlari) ham bor.

Joriy haftadan boshlab zargarlik buyumlari oldingi joyida namoyishga qo‘yilgan, faqat ular holatiga 2022 yil dekabrda topilgandan beri o‘zgartirish kiritilmagan, chunki sud jarayonlari hamon davom etmoqda.

Drezdendan o‘g‘irlangan kolleksiya XVIII asrda kurfyurst (imperator saylash huquqiga ega davlatmand shaxs), keyinchalik Polsha qiroli bo‘lgan Avgust II tomonidan Fransiya qiroli Lyudovik XIV ga raqobatchilik maqsadida to‘plangan.

Xazina Ikkinchi jahon urushi davrida ittifoqchilar hujumidan omon qolgan, biroq urushda qo‘lga kiritilgan sovrin sifatida Sovet Ittifoqiga olib ketilgan. 1958 yilda esa qimmatbaho buyumlari yana Drezdenga qaytarilgan.


Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati