Yangi Zelandiya Kim Dotkomni AQShga topshiradi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 6
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 18-08-2024, 23:26
Yangi Zelandiya hukumati Megaupload servisi asoschisi Kim Dotkomni AQShga topshirishga qaror qildi. Reuters’ning yozishicha, adliya vaziri Pol Goldsmit bu boradagi tegishli orderni imzolagan.

Goldsmitning ta’kidlashicha, hukumat Dotkomga keyingi yuridik qadamlarini o‘ylab olishi uchun «qisqa muddat beradi».

Dotkom o‘zining ekstradisiya qilinishi haqidagi xabarni izohlar ekan, Yangi Zelandiyani «Tinch okeanining janubiy qismida joylashgan Amerikaning itoatkor mustamlakasi» deb atadi.

Kim Dotkom — 2005-2012 yillar davomida faoliyat yuritgan Megaupload fayl almashishga mo‘ljallangan servis asoschisi. O‘z vaqtida u odamlar eng ko‘p tashrif buyuradigan dunyodagi top-15 saytlar qatorida bo‘lgan.

Serverlari Gonkongda joylashgan Megaupload AQSh hukumatining talabi bilan yopilgan edi .

AQSh 2012 yildan beri Yangi Zelandiyadan Dotkomning ekstradisiyasini so‘rab keladi. 2017 yilda sud uni AQShga topshirish bo‘yicha qaror qabul qilgan. Dotkom Yangi Zelandiya Oliy sudi orqali ushbu qarorning bekor qilinishiga erishgan, ammo ekstradisiya butunlay taqiqlanmagan edi.


Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati