O‘zbekistonda Suv kodeksi qabul qilinadi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 5
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 18-08-2024, 21:36
O‘zbekistonda Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasi tomonidan "O‘zbekiston Respublikasining Suv kodeksini tasdiqlash to‘g‘risida"gi qonun loyihasi muhokamasiga bag‘ishlangan ishchi guruh yig‘ilishi o‘tkazildi.

Yig‘ilishda qonun loyihasi atroflicha ko‘rib chiqilib, uni birinchi o‘qishda yalpi majlisda muhokama qilish jarayonida deputatlar tomonidan berilgan bir qator takliflar tahlil qilindi.

Qonun loyihasining qabul qilinishi mamlakatning suv xavfsizligiga erishish, global suv taqchilligi kuchayib borayotgan davrda barcha iqtisodiyot tarmoqlarining va atrof-muhitning suvga bo‘lgan ehtiyojini qondirish, suv resurslaridan oqilona foydalanish, suv infratuzilmasining va sug‘oriladigan yerlarning holatini yaxshilashga xizmat qiladi.

Hozirda mas’ul qo‘mitada qonun loyihasini takomillashtirish ishlari davom etmoqda.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati